Toshkentda ikkinchi xalqaro investitsiya forumi o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining matbuot xizmati.
Unga ko‘ra forum joriy yilning 27−28-aprel kunlari “Congress Hall Tashkent City"da o‘tkaziladi.
Forumda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiyaviy salohiyatini ochib berishga qaratilgan yalpi majlis, ekspertlarning 30 dan ortiq bahs-munozaralari, panel munozaralari, davra suhbatlari va b2b muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Unda ishtirok etish uchun 20-aprelgacha havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
2022-yili o‘tkazilgan birinchi forum yakunlari bo‘yicha $7,8 mlrd.lik shartnoma va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolangandi.
Shuningdek, qiymati $3,5 mlrd.lik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.