2022-yilda O‘zRVB bozorlaridagi savdolar umumiy hajmi 706,8 trln so‘mga yetib, 2021-yilga nisbatan 81,6%ga oshgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Shuningdek, o‘tgan yili pul bozoridagi savdolar umumiy hajmi 270,61 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich esa 2021-yilgi ko‘rsatkichga nisbatan deyarli 93%ga oshgan.
Yaqin kelajakda O‘zRVBning valyutaviy svop bozoriga foizli svop instrumentini (interest rate swap) joriy etish va bu bo‘yicha operatsiyalarni kengaytirish maqsadida market-meykerlik faoliyatini joriy etish rejalashtirilgan.
Davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:
- DQQ ikkilamchi bozorida tuzilgan bitimlar natijalariga ko‘ra amalga oshiriladigan hisob-kitoblarni T+2 rejimiga o‘tkazish hamda pul mablag‘larni oldindan deponentlamasdan savdolarda ishtirok etish sharoitini yaratish;
- DQQ bozoriga markaziy kontragent faoliyatini joriy etish, jumladan, risk va defolt menejment tizimini yaratish hamda likvidlik provayderini joriy etish;
- RЕPO bozorida “RЕPO savati” hamda yangilangan RЕPO savdo platformasi ishlab chiqish;
- DQQ bozorida O‘zRVB tomonidan kafolat jamg‘armasi hamda savdo ishtirokchilari tomonidan zaxira jamg‘armasini va undan foydalanish mexanizmlarini yaratish;
- savdo ishtirokchilariga turli risklarni xedjirlash maqsadida bazaviy aktivi DQQ, pul bozorining indeksi bo‘lgan fyuchers shartnomalari bilan operatsiyalar amalga oshirish.
Bundan tashqari, O‘zRVBning fyucherslar bozorida davlat qimmatli qog‘ozlari qiymati, shuningdek birja bozorining boshqa turli ko‘rsatkichlari va indekslari bo‘yicha fyuchers shartnomalari joriy etiladi.
Savdo yakunlari bo‘yicha shakllanadigan ma’lumotlarni pullik asosida market-data ko‘rinishida tashqi foydalanuvchilarga sotish yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, alohida loyiha sifatida O‘zRVB bozorlarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish funksiyasiga ega O‘zRVB ta’sischiligida alohida tashkilot — “Clearinghouse"ni tuzish ishlari boshlangan
O‘tgan yili valyuta fyucherslari bozorida market-meykerlar faoliyati tashkil etilgandi.
Avvalroq, O‘zRVB platformasida davlat obligatsiyalari T+2 rejimida joylashtirilgani haqida xabar berildi.
U orqali auksionda sotib olingan DQQ bo‘yicha hisob-kitoblar ikkinchi savdo kunida amalga oshiriladi: