Ukrainaning “Yuriya-Farm” farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med” farmatsevtika kompaniyasini 10 mln yevroga xarid qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks-Ukraina” nashri.
Bitimni moliyalashtirish Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 10 mln yevrolik krediti hisobidan amalga oshiriladi.
“Yuriya-Farm” O‘zbekiston bozori uchun mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, bu Ukraina kompaniyasining umumiy eksportining yarmiga to‘g‘ri keladi.
“YeTTB krediti mahsulotining 30%ini (shundan 15%i O‘zbekistonga) eksport qiluvchi „Yuriya-Fram“ kompaniyasiga O‘zbekiston bozori uchun mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini va Ukraina uchun ham zarur bo‘lgan preparatlarning qariyb 10%ini ishlab chiqarish imkonini beradi”, — deyiladi “YeTTB” press-relizida.
Ukrainadagi harbiy harakatlar natijasida o‘z mahsulotlarini eksport qilish bilan bog‘liq qiyinchiliklar tufayli “Yuriya-farm” O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarishga o‘tdi. Bu ikki davlatda dori vositalarining mavjudligi va arzonligini oshiradi.
Bundan tashqari, kelishuv “Yuriya-Farm” kompaniyasining rentabelligini oshiradi va ishlab chiqarishni Ukrainadan tashqarida joylashtirish orqali ishlab chiqarish xatarlarini diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Xalqaro darajaga chiqish orqali Ukraina kompaniyasi raqobatbardosh bo’ladi.
YeTTB maʼlumotlariga koʻra, “Yuriya-Farm” Ukrainadagi farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarning beshtaligiga kiradi. Kompaniya mahsulotlarni Ukraina bo’ylab sotadi va 40 dan ortiq mamlakatlarga eksport qiladi.
“Reka-Med Farm” 2006-yilda O‘zbekiston-Rossiya-Britaniya qo‘shma korxonasi sifatida tashkil etilgan. Farmatsevtika kompaniyasi vena ichiga qo‘llaniladigan infuzion preparatlar ishlab chiqaradi.
Avvalroq “Spot” Hindistonning “Aakash Healthcare” kompaniyasi Toshkentda $100mlnlik tibbiyot shaharchasi qurishi haqida yozgandi.
Shaharchada tibbiyot kollejlari, hamshiralar tayyorlaydigan o‘quv muassasasi joylashtirilishi rejalashtirilmoqda