Farg‘ona hokimi Xayrullo Bozorov Janubiya Koreyaning Inchxon shahar meri Yu Chon Bok bilan muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” nashri.
Unda Farg‘ona viloyati bilan Inchxon shahri o‘rtasida iqtisodiy-investitsion aloqalarni hamda ijtimoiy, madaniy sohalarda hamkorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida Farg‘onada Inchxon erkin iqtisodiy zonasi filialini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki shahar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish masalasida olib borilayotgan muzokaralar yakuniy bosqichda ekanligi qayd etildi.
Avvalroq Vetnam kompaniyasi “Angren” EIZ hududida qiymati $125 mln bo‘lgan zavod qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Zavodda tez tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, quritilgan sabzavotlar va chipslar ishlab chiqariladi.