“Astana Hub” IT startaplari uchun Silikon vodiysida o‘tkaziladigan akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda texnopark matbuot xizmati “Spot"ga xabar berdi.
Ishtirokchilarni tayyorlashni jadallashtirish dasturi Kaliforniyaning San-Mateo shahridagi Draper universiteti tomonidan tashkil etilgan.
Unda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Turkiyaning texnologik startaplari ishtirok etishi mumkin.
Dastur ikki bosqichda amalga oshiriladi:
- onlayn pre-akseleratsiya;
- Silikon vodiysining o‘zida oflayn akseleratsiya.
Eng istiqbolli deb topilgan 80 ta loyiha ikki haftalik “Astana Hub” onlayn dasturida qatnashish imkoniga ega bo‘ladi.
Unda xalqaro venchur fondlaridan investitsiyalarni jalb qilish, mahsulotni ishlab chiqish va ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha tushunchalar beriladi.
Keyingi bosqichda esa eng yaxshi 20 ta jamoa Kaliforniyadagi “Hero Training"ga taklif qilinadi.
Akselerator 5 hafta davom etadi va startaplar ham AQSh bozoriga kirishi uchun 6 oy davomida turar joy va ish bilan ta’minlanadi.
Draper innovatsion ekotizimining a’zolari finalchi startaplarga investitsiyalarni jalb qilish va chet el bozorlarida mahsulot chiqarishga yordam beradi.
Shuningdek, ishtirokchilar “My Ventures” venchur fondidan $30 000 dan boshlab sarmoyalar jalb qilish imkoniyati ega bo‘ladi.
Uning tarkibiga tajribali tadbirkorlar, ekspertlar, korporativ hamkorlar va investorlar kiradi.
Dasturda ishtirok etishni xohlovchi startaplar 7-aprelgacha havola orqali ariza topshirishlari mumkin.
Batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.