Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 474 tani tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Xususan, mamlakatlar qatorida 151 ta yangi korxonalar bilan Rossiya yetakchi bo‘lmoqda. Undan keyingi kuchli uchlikda Xitoy (65) va Turkiya (40) turibdi.

Shuningdek, Qozog‘iston korxonalari soni ham nisbatan ko‘proq — 34 ta.

Umuman, ikki oyda Koreya (14 ta), Tojikiston (13 ta) Qirg‘iziston (9 ta), Germaniya (9 ta), AQSH (8 ta), Turkmaniston (8 ta) va boshqa mamlakatlar (123 ta) kapitali ishtirokidagi korxonalar tashkil etilgan.

Avvalroq agentlik O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etgandi.

Xususan, ularning soni 13 161 tani tashkil etib, yetakchilikni 2 835 korxona va tashkilotlar bilan Rossiya egalladi.

Undan keyingi o‘rinlarda Turkiya (1 806 ta), Xitoy (1 763 ta), Qozog‘iston (988 ta) hamda Koreya (748 ta) turibdi.


Avvalroq besh yilda O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilgani haqida PMTI tahlili taqdim etilgandi.