Avvalroq “Spot” “McDonald's” tez ovqatlanish tarmog‘i 2023-yilda korporativ xodimlarining bir qismini qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.

Shu hafta “McDonald's” AQShdagi ofislarini vaqtincha yopadi, deya xabar bermoqda “The Wall Street Journal”.

Gazetaning yozishicha, kompaniya tarkibiy o‘zgartirishlar doirasida xodimlarni qisqartirishga hozirlik ko‘rmoqda.

Tegishli xabarni “McDonald's” xodimlari AQSh va boshqa bir qancha mamlakatlardan olishdi. Ushbu hafta davomida kompaniya tashkilotdagi xodimlarning roli va soni bo‘yicha asosiy qarorlar to’g’risida hisobot berishni rejalashtirmoqda.

QIsqartitishlar qancha odamga ta’sir qilishi hali aniqlanmagan. “McDonald’s” butun dunyo bo‘ylab 150 mingdan ortiq xodimga ega bo‘lib, ularning 70% AQShdan tashqarida ishlaydi.

Mart oyida fastfud restoranlari tarmog‘i Rossiyani, keyinroq Belarus va Qozog‘istonni tark etdi.

“McDonald's” 2022-yil mart oyi boshida Ukrainadagi urush tufayli Rossiyadagi restoranlarini vaqtincha yopgandi.

Keyinchalik may oyida kompaniya mamlakatdagi aktivlarini tarmoqning yirik franchayzi rossiyalik tadbirkor Aleksandr Govorga sotishga rozi bo‘ldi.

Yanvar oyi boshida “McDonald's"ning Qozog‘istondagi franchayzeri “Food Solutions KZ” mamlakatdagi restoranlar Amerika brendi ostida faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qildi. Xabarda aytilishicha, bunday qaror ta’minot cheklovlari tufayli qabul qilingan.

“Bloomberg"ning yozishicha, bosh ofis “Food Solutions KZ” kompaniyasiga Rossiyada qiyma sotib olishni taqiqlagan, franchayzi esa qimmatligi tufayli mahalliy yoki Yevropa ishlab chiqaruvchilaridan go‘sht yetkazib berishni tashkil eta olmagan.


Avvalroq “Spot” “Walt Disney” kompaniyasi xarajatlarni kamaytirish maqsadida 7 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatishi haqida yozgandi.

Xodimlarini qisqartirayotgan xorijiy kompaniyalar haqida batafsil.