Yaponiyaning Awaji yoshlar federatsiyasi (AYF) amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Unda butun dunyodan bakalavr va magistratura darajasiga ega nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchilar AYF va “Pasona Group” uchun bir nechta asosiy sohalarda natijalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda ishtirok etishadi.
9 oylik dasturda quyidagi uchta mavzu bo‘yicha amaliyot o‘tiladi:
- liderlik va loyihalar boshqaruvi;
- innovatsiyalar va ishlab chiqarish;
- PR va Marketing.
Nomzodlar 24−30 oralig‘ida, bakalavr yoki magistraturani tamomlagan bo‘lishi, til bilish darajasini tasdiqlovchi serifikatga ega bo‘lish lozim.
Xususan, ingliz tili darajasi bo‘yicha TOEIC 800 ga ega bo‘lish kerak. Yapon tili bo‘yicha sertifikati mavjud nomzodlar ustunlikka ega.
Qatnashchilar “Pasona Grup” tomonidan to‘liq ishga joylashtiriladi.
Qabul qilinganlarga $1500 miqdorida oylik ish haqi beriladi hamda barcha davlat bojlari va soliqlari qoplanadi.
Shuningdek, amaliyot davomida turar joy bilan ta’minlanib, ovqatlanish xarajatlari qoplab beriladi.
Biroq Yaponiyaga kelish va ketish sayohat xarajatlari ishtirokchilarning o‘zlari tomonidan qoplanadi.
Dastur joriy yilning sentabr oyida boshlanadi.
Arizalarni joriy yilning 31-mayigacha havola orqali jo‘natish kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.