“HEMIS” axborot tizimining talabalar uchun Telegram-boti ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
U orqali talabalar o‘quv jarayoniga tegishli bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin:
- reyting daftarchasi va transkript;
- dars jadvallari;
- o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari;
- fanlar bo‘yicha topshiriqlar;
- fanlarning elektron resurslari.
Botdan foydalanish uchun unga kirganda avval universitet tanlanadi va undan keyin foydalanuvchining “HEMIS"dagi logen hamda paroli kiritiladi.
Shuningdek, “HEMIS” axborot tizimining mobil ilovasida ham bir qancha imkoniyatlar yaratilgan.
Undan foydalanish uchun AppStore yoki GooglePlay orqali yuklab olish mumkin.
Avvalroq energiya tizimidagi qonun buzilish holatlarini aniqlashga qaratilgan Telegram-bot ishga tushgandi.