Xorazm viloyati startaplari va IT-mutaxassislari uchun “Hokim granti” tanlovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.
IT-ta'lim, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va eksport qilish sohasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Nomzodlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza jo‘natishlari mumkin:
- fan va ta’lim;
- energiya tejamkorlik;
- ijtimoiy-iqtisodiy;
- qishloq xo‘jaligi;
- axborot texnologiyalari;
- sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish;
- sanoat;
- sog‘liqni saqlash.
Yangi startaplar uchun tanlovlar quyidagi nominatsiyalarda tashkil etiladi:
- “Ijtimoiy ahamiyatli innovatsiyalar”;
- “Texnostart”;
- "Eng yosh olim";
- “Eng yaxshi innovatsion loyiha”;
- “Istiqbolli ishlanma”.
Tanlovda 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Nomzodlar belgilangan shaklidagi talabnomani to‘ldirishlari kerak.
Tanlov ishtirokchisining talabnomasi biznes-g‘oyaning yangiligi, ijtimoiy ahamiyati, maqsadliligi va mo‘ljallanganligi hamda amaliy tajribasi bo‘yicha baholanadi.
G‘oliblar Xorazm viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan quyidagicha moddiy rag‘batlantiriladi:
- 1-o‘rin — 100 mln so‘m;
- 2-o‘rin — 80 mln so‘m;
- 3-o‘rin — 60 mln so‘m.
Nozmodlar quyidagi havola orqali tanlov nizomi, ariza shakli va taqdimot bilan tanishishlari mumkin.
Hujjatlar “IT Park” Xorazm viloyati filialida qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumotni +998 99 969 43 21 orqali olish mumkin.