2023-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi taxminan 1 mln kishini tashkil etadi, bu o‘tgan yilga nisbatan (567 ming kishi) deyarli ikki baravar ko‘pdir. Bu haqda juma kuni O‘zbekistonning Rostov-Dondagi bosh konsuli Barxon Aliqulov jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Bu yil Rossiyadan millionga yaqin sayyoh kelishini kutmoqdamiz. Bizda barcha imkoniyatlar mavjud deb oʻylayman, buning uchun Oʻzbekistonning subturoperatorlari bilan hamkorlikni yanada faollashtirish kerak”, — dedi u.

Aliqulovning “TACC"ga aniqlik kiritishicha, 2022-yil oxirida rossiyaliklarning O‘zbekistonga sayyohlik oqimi 567 ming kishini tashkil qilgan.

Bosh konsul O‘zbekistonda arxitektura-madaniy turizmdan tashqari, ekoturizm, sport va ishbilarmonlik turizmi ham faol rivojlanayotganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Aliqulovning soʻzlariga koʻra, 24−26 aprel kunlari mamlakatda “Innoprom” xalqaro sanoat koʻrgazmasining oʻtkazilishi ishbilarmonlik turizmining rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekiston Shimoliy Kavkaz bilan ham ziyorat turizmini rivojlantirishni rejalashtirmoqda, jumladan, mintaqalarga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

“Hozir biz ziyorat turizmi bo‘yicha faol ishlarni boshladik. Asosan Shimoliy Kavkaz mintaqalari — Checheniston va Dogʻiston bilan ma’lum sayohat paketlarini ishlab chiqdik. Endi biz to‘gridan-to‘gri reyslarni yo‘lga qo‘yish ustida ishlayapmiz”, — dedi Aliqulov.


Avvalroq “Spot” rossiyaliklar karyera qurish uchun eng maqbul davlatlar qatorida O‘zbekistonni ham tanlayotgani haqida yozgandi.