Ilon Mask “Tesla” kompaniyasi aksiyalarining qariyb 11%ga pasayishi natijasida o‘tgan haftada $14,5 mlrd yo‘qotdi, deya xabar bermoqda “Forbes” nashri.

Natijada uning boyligi 7%ga kamaygan. Nashr jurnalistlari Maskning boyligini ayni damda $187,9 mlrdga baholamoqda.

Bu pasayish “Tesla” sarmoyadorlari kompaniyaning rentabellik prognozini shubha ostiga qo‘yganligi sababli sodir bo‘lgan.

Shuningdek, bu pasayishga yakshanba kungi choraklik hisobot ham sabab bo‘ldi. Hujjatga ko‘ra, yil boshidan ko‘plab elektromobillar omborlarda to‘planib qolgan.

Ammo Mask AQShdagi eng boy odam va dunyodagi ikkinchi eng boy odam bo‘lib qolmoqda.

Shu bilan birga, o‘tgan haftada $223,1 mlrd boyligi bilan dunyoning eng boy odami LVMH” raisi Bernard Arno kompaniyasidagi ulushlari pasayganligi sababli $2,7 mlrd yo‘qotdi.


Avvalroq “Spot” “Forbes” jurnali dunyodagi eng boy odamlarning 37-yillik reytingini e’lon qilgani haqida yozgandi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Bernard Arno $211 mlrd boylik bilan egalladi. Ikkinchi o‘rinda esa $180 mlrd bilan Ilon Mask egallab turibdi.

Kuchli beshlikda Jeff Bezos $114 mlrd, Larri Ellison $107 mlrd, Uorren Baffet $106 mlrd boylik bilan turibdi.