“Frilanserlikka ilk qadam va daromadga chiqish yo‘llari” mavzusida onlayn uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda frilanserlik sohasiga qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin hamda frilanser kim va u nima qilishi, qanday qilib daromadga chiqish mumkinligi haqida so‘z yuritiladi.

Spikerlar — 3D modelling sohasida frilanser, IT tadbirkor Abdusattor Abdurahimov hamda Android dasturchi Muhammadyusuf Abdullayev.

Vebinar 12-aprel kuni, soat 15:00 da vazirlikning ijtimoiy tarmoqlarida va ZOOM orqali onlayn efirga uzatiladi.

ZOOM ga havola orqali ulanish mumkin. Shuningdek, havola orqali frilanserlikka oid savollarni jo‘natish mumkin.


Avvalroq o‘zbekistonlik frilanserlar 2022-yilda qariyb $12 mln daromad topgani haqida xabar berilgandi. Hududlar kesimida eng ko‘p daromad olgan frilanserlar Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi — $11,4 mln.