Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tolimarjon IESda o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini muqobil energiya manbalari yordamida ishlab chiqarishga alohida e’tibor berilmoqda.

Shu maqsadda stansiyada quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi bunyod etilmoqda.

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 1,8 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Avvalroq “Muborak IEM"da quvvati 1,2 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilayotgani haqida xabar berilgandi.

Ayni kunlarda quyosh panellarini o‘rnatish va montaj qilish ishlari boshlab yuborildi.

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 2 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Buning natijasida yiliga 500 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.


Avvalroq “Spot” “To‘raqo‘rg‘on” IESda quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilayotgani haqida yozgandi.

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yiliga 1,9 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Buning natijasida yiliga 54 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Shuningdek, Turkiya kompaniyasi Farg‘onada quyosh fotoelektr stansiyasi qurishi haqida xabar berilgandi.

Bu bo‘yicha viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda Turkiyaning “Alarko holding Altek” kompaniyasi bosh direktori Hakan Aytekin o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan.

Shu bilan birga, Farg‘ona IEMda 2 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushurilgani haqida xabar berilgandi.

Loyiha “On-Grid” rejimida ishlaydi va yiliga qo‘shimcha 5 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Joriy yilda O‘zbekistonda umumiy quvvati 2910,6 MVt bo‘lgan 7 ta elektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Pop va Farg‘ona tumanlarida 600 Megavattli 2 ta quyosh stansiyasi quriladi.