10-aprel kungi savdolarda Bitkoin narxi qarib 7%ga oshib, $30,2 mingni tashkil etdi.

Soat 11:23 holatiga 1 kriptovalyuta narxi $30,038ni tashkil qilmoqda.

Bitkoin narxi yanvar oyidan buyon $13,5mingga qimmatladi. Ammo oʻtgan yilning mos davriga nisbatan $20mingga arzon.

Kriptovalyuta narxi 2021-yil avgustida, $50mingdan, sentabrida $51mingdan, oktabrida esa$64 mingdan oshgandi. Bitkoin 3,06% ga koʻtarilib, $64 033ni tashkil qilgandi.

bitkoin narxi

Foto: Coinmarketcap

Bozor qiymati boʻyicha eng yirik token boʻlgan bitkoin narxi 2022-yil noyabr oyida 17%ga tushib, $17,1mingni tashkil etgandi.

Bunga esa “FTX” birjasini bitkoin kriptovalyuta raqobatchisi “Binance Holdings” tomonidan egallab olingani haqidagi xabarlar fonida narxlar tushib ketishi sabab boʻlgandi.

Bitkoin narxining keskin pasayishi qimmatli qog‘ozlar, jumladan kriptokompaniyalar narxi tushishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.

Avvalroq “Spot” bitkoin va ethereum nima, ularni farqi nimada ekanligi haqida qoʻllanma bergandi.