E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.
“Spot” O‘zbekiston banklarida milliy valyutadagi oflayn va onlayn depozitlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.
Hozirda mavjud 34 ta bankdan 27 tasida milliy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular besh oydan uch yilgacha saqlanadi.
Omonatlarni oflayn tarzda 19 ta bankda, masofadan turib esa 28 ta bankda ochish mumkin. Onlayn depozitlar bank filiallarida ro‘yxatdan o‘tishga qaraganda 1−3% yuqori foiz stavkasida taqdim etiladi.
Maqola chop etilgan vaqtda onlayn omonatlarning eng yuqori stavkasini (24%) “Madad Invest Bank” 13 oyga, “Davrbank” esa 25 oyga joylashtirish bilan taklif qilmoqda.
Omonat ochishda talab etiladigan minimal summa miqdori uning turiga qarab farqlanadi. Masalan, aksariyat banklarda onlayn depozit qo‘yishning minimal miqdori 500 ming, oflaynda esa 1 mln so‘mni tashkil qiladi.
Roʻyxat foiz stavkalarining yuqoriligi tartibida tuzilgan. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi.
Bank nomi | Foiz stavkasi | Minimal summa | Muddati (oy) | Rasmiylashtirish |
Madad Invest Bank | 24% | 1 mln so‘m | 13 | onlayn/oflayn |
Davrbank* | 24% | 1 mln so‘m | 25 | onlayn/oflayn |
22% | 500 ming so‘m | onlayn | ||
Anorbank* | 23% | 500 ming so‘m | 24 | onlayn |
TBC Bank | 24% | 100 ming so‘m | 13 | onlayn/oflayn |
23,5% | 18 | |||
23% | 24 | |||
Agrobank | 23% | 500 ming so‘m | 13 | onlayn |
22% | oflayn | |||
Universalbank* | 23% | 500 ming so‘m | 13 | onlayn |
22% | 12 | onlayn/oflayn | ||
Ravnaq bank | 23% | 500 ming so‘m | 36 | onlayn |
Mikrokreditbank* | 23% | 100 ming so‘m | 12−24 | onlayn |
22% | oflayn | |||
Ziraat Bank Uzbekistan* | 22% | 3 mln so‘m | 24 | onlayn |
oflayn | ||||
Ipotekabank* | 22% | 100 ming so‘m | 24 | onlayn |
Turonbank* | 22% | 1 mln so‘m | 18 | onlayn/oflayn |
Tenge Bank | 22% | 10 mln so‘m | 13 | oflayn |
1000 so‘m | onlayn | |||
Garant bank* | 22% | 100 ming so‘m | 12 | onlayn/oflayn |
Sanoatqurilishbank* | 22% | 500 ming so‘m | 13 | onlayn/oflayn |
Asakabank | 22% | 500 ming so‘m | 24 | onlayn |
21% | oflayn | |||
Hamkorbank* | 22% | 2 mln so‘m | 13 | onlayn |
21% | 18 | |||
Qishloqqurilishbank | 21% | 1 mln so‘m | 7 | oflayn |
Aloqabank | 22% | 50 ming so‘m | 12 | oflayn |
20% | 1 mln so‘m | 6 | ||
O‘zmilliybank* | 22% | 500 ming so‘m | 6 | onlayn |
21% | oflayn | |||
Xalq Banki | 21% | 100 ming so‘m | 18 | onlayn |
Infinbank | 21% | 2 mln so‘m | 24 | oflayn/onlayn |
20% | 500 ming so‘m | |||
Kapitalbank* | 20% | 1 mln so‘m | 25 | onlayn |
Trastbank* | 20% | 500 ming so‘m | 13 | onlayn |
19% | oflayn | |||
Asia Alliance Bank* | 19% | 1 mln so‘m | 24 | oflayn/onlayn |
Poytaxt bank | 17% | 5 mln so‘m | 36 | onlayn |
16% | 1 mln so‘m | oflayn | ||
Ipak yoʻli banki | 17% | 1 mln so‘m | 12 | onlayn |
16% | 25 | oflayn | ||
Orient Finans Bank | 16% | 10 mln so‘m | 10 | onlayn |
15% | oflayn |
*Depozitni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjud. Saqlash muddatiga qarab foizlar kamaytirilishi yoki to‘lanmasligi mumkin.