Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tijorat banklarida P2P operatsiyalari va ularni soliqqa tortish mavzusi keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, kartadan kartaga pul o‘tkazilganda soliq munosabatlari yuzaga kelmasligi va aholida soliq to‘lash majburiyatlari paydo bo‘lishidan xavotirlanish asossiz ekanligi ta’kidlangan.
Shuningdek, jismoniy shaxslarning boshqa jismoniy shaxsdan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olgan pul shaklidagi daromadlari soliqqa tortilmaydi.
Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov va Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jaxongir Abdiyev ishtirokida bank sohasi va to‘lov tashkilotlari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ta’kidlangan.
1-maydan jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi tashkilotlar ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komissiya olinishidan qat’i nazar, elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishlari va taqdim etishlari belgilangan.
Uchrashuvda elektron hujjatlarni shakllantirish va jo‘natish bo‘yicha texnik yechimlar hamda to‘lov tizimlarida o‘zaro hamkorlikning boshqa usullari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.