2022-yil mart oyida Rossiyada joriy qilingan valyuta cheklovlaridan keyin naqd pulni xorijga olib chiqishda qonunbuzarliklar soni 70%ga oshgan, deya xabar bermoqda “Izvestiya” gazetasi Federal bojxona xizmati statistikasiga tayanib.
Qayd etilishicha, valyuta cheklovlari vaqtida rossiyaliklar noqonuniy ravishda 1 mlrd rubldan ortiq mablag‘ni mamlakatdan olib chiqishga uringan.
2022 yil mart oyida sanksiyalar tufayli Rossiya Markaziy banki $10 ningdan ortiq summalarni eksport qilishni taqiqladi.
Rossiyaliklar asosan O‘zbekiston, Turkiya, BAA, Ozarbayjon va Isroilga o‘zlari bilan pul olib ketmoqchi bo‘lgan.
Federal bojxona xizmati maʼlumotlariga koʻra, yil davomida (2022-yilning martidan 2023-yilning martigacha) fuqarolar tomonidan chegara orqali pul olib kirish va olib chiqishda 12 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlangan.
Gap pul mablag‘larining noqonuniy harakatlanishi holatlari, tashilgan summalarni deklaratsiya qilmaslik yoki noto‘g‘ri ko‘rsatish, shuningdek, Rossiyadan $10 000dan ortiq xorijiy valyutani olib chiqish taqiqini buzish haqida ketmoqda.
“O‘tgan yilning mart oyidan boshlab chegarani kesib o‘tgan har qanday shaxs o‘zi bilan $10 mingdan ko‘p bo‘lmagan pul olib chiqishi mumkin.Bu cheklovlar Rossiya rublidagi pul olib chiqishga taalluqli emas. Ammo yuqoridagi ekvivalentdan oshgan summa deklaratsiya qilinishi kerak, agar summa $100 mingdan oshsa, ularning kelib chiqishi tushuntirilishi kerak”, — dedi “PG Partners” yuridik firmasining katta boshqaruvchi hamkori Polina Gusyatnikova.
Avvalroq “Spot” 2022-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi $14,5 mlrdni tashkil etgani haqida yozgandi.