Yaponiyaning Xonjo xalqaro jamg‘armasi grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Unda butun dunyodan nomzodlar magistratura va PhD uchun hujjat topshirishlari mumkin. Buning uchun deyarli barcha akademik yo‘nalishlar va mutaxassisliklar mavjud.
Nomzodlar universitet tomonidan oldindan tanlanmasdan bevosita jamg‘armaga ham murojaat qila olishadi.
Magistratura uchun 30 yoshagcha, doktorantura uchun esa 35 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar qabul qilinadi.
Buning uchun quyidagi hujjatlar jo‘natilishi kerak:
- rasm;
- tadqiqot rejasi haqida ikki daqiqalik video;
- akademik transkript;
- tadqiqot taklifi;
- tavsiyanoma.
Nomzodlar yapon tilini bilishlari talab qilinadi. Hujjatlari qabul qilingan nomzodlar bilan intervyu yapon tilida o‘tkaziladi.
Qabul qilingan talabalarga quyidagicha stipendiya ajratiladi:
- 1 yildan 2 yilgacha bo‘lgan daraja uchun oyiga qariyb $1600;
- 3 yillik o‘qish uchun oyiga $1400;
- 4 yildan 5 yilgacha bo‘lgan o‘qish uchun oyiga $1200.
Arizalarni joriy yilning 30-apreligacha havola orqali jo‘natish mumkin.
Avvalroq Yaponiyaning Awaji yoshlar federatsiyasi amaliyot dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi. Arizalarni joriy yilning 31-mayigacha jo‘natish kerak.