Germaniyada ishlash istagidagi o‘zbekistonliklardan “Ausbildung” (o‘qish va ishlash) dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ishtirokchilar agentlik hamda Germaniyaning “Simson Private Akademiye GmbH” tashkiloti tomonidan mexatronika va elektronika yo‘nalishida joriy yilda boshlanadigan kasbiy ta’limga jalb qilinadi.
Qabul qilinganlarga 945 yevro miqdorida oylik stipendiya beriladi. “Ausbildung"dan so‘ng uch yillik mehnat shartnomasiga, keyinchalik oilaviy ko‘chib borish uchun yordam beriladi.
Nomzodlar 18−40 yoshgacha bo‘lishi, nemis tilida muloqot qila olishi (Gyote yoki ECLdan olingan B1 sertifikat) hamda o‘rta maxsus ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek, nemis tilidan A2 daraja sertifikati bor fuqarolar ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin, lekin ular ham keyinchalik B1 sertifikati taqdim qilishlari lozim bo‘ladi.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida quyidagi hujjatlarni yuklash zarur:
- xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
- nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (B1 daraja, pdf shaklda);
- nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).
Arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin. Ish boyicha kompaniya guruhiga havola.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning hududiy filiallariga murojaat qilish mumkin.
Avvalroq avtomobil mexatronikasi (texnik) sohasida ishlash istagidagi nomzodlardan arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.