Endi moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
Iste’mol krediti ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchining bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Banklardagi so‘mdagi eng daromadli omonatlar. 2023-yil aprel oyi bo‘yicha
Mavjud 34 ta bankdan 27 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 24%ni tashkil qilmoqda.
Endilikda banklar rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlarga ham ipoteka kreditlarini ajratadi
Bu bo‘yicha ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash yuzasidan prezident farmoni qabul qilindi.
Dollardagi eng daromadli omonatlar. 2023-yil aprel oyi bo‘yicha
Mavjud 34 ta bankdan 22 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 6,5%ni tashkil qilmoqda.
Mehnat daftarchasidan onlayn ko‘chirmani qanday olish mumkin?
Buning uchun Yagona portaldan ro‘yxatdan o‘tish kerak. Xizmatdan foydalaish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi va hujjat bepul beriladi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Mart oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb $1,5 mlrdga oshdi.
Natijada mamlakatning qimmatbaho metal zaxiralari 2022-yilning dekabriga nisbatan ko‘rsatkichini deyarli tikladi. - “Microsoft Office Specialist” chempionati uchun tayyorgarlik kurslariga arizalar qabul qilinmoqda.
Eng yuqori natijaga erishgan 6 kishi tanlab olinib, AQSh chempionatida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. - “Yangi O‘zbekiston yoshlari tashabbuslari” jamg‘armasi va elektron platformasi tashkil etiladi.
Jamg‘armaga $100 mln yo‘naltirilib, mablag‘lar startap va loyihalarga qulay va yengil shartlarda hamda foizsiz va garovsiz ajratiladi. - Iqtisodchi nima deydi: eng katta qadam — bu iste’molchi erkinligi va tanlovining qaytadan tiklanishi — Otabek Bakirov.
U “Iste'mol krediti to‘g‘risida"gi qonunning tegishli moddasiga o‘zgartirish kiritilishi qanday yengilliklar berishi haqida fikr bildirdi. - Malayziya kompaniyalari O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘ymoqchi.
Loyiha mamlakatda qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida dronlardan foydalanishni kengaytirish maqsadida amalga oshiriladi. - Aholining kartadan kartaga pul o‘tkazmalari soliqqa tortilmaydi.
Soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslarda soliq to‘lash majburiyatlari paydo bo‘lishidan xavotirlanish asossiz ekanligini ma’lum qildi. - 15-apreldan haydovchilik guvohnomasini onlayn olish imkoniyati yaratiladi.
Jarayonni Yagona portal orqali amalga oshirish mumkin bo‘lib, yangi rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomalarini pochta orqali olish imkoniyati yaratiladi. - Ilon Mask “Twitter"da monetizatsiyani ishga tushirdi.
Joriy yil fevral oyida Mask “Twitter"ning reklamadan tushgan daromadini kontent yaratuvchilar bilan bo‘lishishga va’da bergandi. - Germaniyada ishlash istagidagi o‘zbekistonliklardan “Ausbildung"ga arizalar qabul qilinmoqda.
Ishtirokchilarga 945 yevro oylik stipendiya ajratilib, dasturdan so‘ng uch yillik mehnat shartnomasiga, keyinchalik oilaviy ko‘chib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. - Pomidor narxi bir haftada 33 foizga tushib ketdi — ekspert tahlili.
Narxlar pasayishi plyonka ostida tunnel usulida yetishtirilgan pomidor hosilining birinchi partiyalari bozorga kirishi bilan bog‘liq.