AQShning “Forbes jurnali dunyoning eng milliarder ayollari roʻyxatini e’lon qildi.
Anʼanaviy ravishda bu safar ham roʻyxatdan milliarderlarning sobiq xotinlari va merosxoʻrlari yuqori oʻrinlarni band qilgan.
Ketma-ket uchinchi yil “L'Oréal” kosmetika imperiyasi asoschisining nabirasi Fransuaza Bettenkur-Meyers $80,5 mlrdlik boyligi bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ikkinchi o‘rinni esa $59 mlrd bilan tadbirkor Devid Koxning bevasi Yuliya Kox va uning farzandlari band etgan. O‘tgan yili ular reytingning uchinchi pogʻonasidan joy olgandi.
Kuchli uchlikni “Walmart” brendi asoschisi Elis Uoltonning qizi yakunlab berdi. “Forbes” uning boyligini $56,7 mlrdga baholagan. Millarder xonim oʻtgan yili ikkinchi oʻrinda edi.
Yangilangan roʻyxatdan “Mars” shokoladlari asoschisi Jaklin Mars ($38.3 mlrd)ga toʻrtinchi, qimor o‘yinlari magnati Sheldon Adelsonning bevasi Miriam Adelson ($35 mlrd)ga beshinchi oʻrin nasib qildi.
Avvalroq “Forbes” jurnali dunyodagi eng boy odamlarning 37-yillik reytingini e’lon qilgandi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Bernard Arno $211 mlrd boylik bilan egalladi. Ikkinchi o‘rinda esa $180 mlrd bilan Ilon Mask egallab turibdi.
Kuchli beshlikda Jeff Bezos $114 mlrd, Larri Ellison $107 mlrd, Uorren Baffet $106 mlrd boylik bilan turibdi.