Yangilandi. Suhbat uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlangan.
Mehmonxona sohasida ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar Turkiyadagi ishlarga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xususan, Ish vaqti 6/1 grafikda, kunlik 8 soatni tashkil etadi hamda qo‘shimcha ishlash imkoniyati ham mavjud.
Ish haqi 8500−10400 turk lirasi ($450- $550) atrofida beriladi. Shuningdek, bonuslar, bayramlarda 2 barobar haq to‘lanishi qayd etilgan.
Soha bo‘yicha Istanbul va Antaliya shaharlaridagi ishlarga jalb qilinadi hamda bunda xotin-qizlarga ustunlik beriladi.
Nomzodlar 18−45 yosh, odamlar bilan muloqot qilish va yuqori ish qobiliyatiga ega hamda sudlanmagan bo‘lishi kerak. Shuningdek, til bilish talab qilinmaydi.
Buning uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Suhbatlar 18-aprel kuni soat 11:00 da boshlanadi.
Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasporti va 5×6 fotosurat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga murojaat qilishlari mumkin.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
Nukus shahri, Utepova ko‘chasi.
“Ishga marhamat” monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: “Istiqlol bog‘i” — Kvadrat park.
(55) 102−53−32, (55) 102−53−34.
- Namangan viloyati:
Namangan shahri, Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi yonida.
(69) 227−94−64, (69) 227−97−27.
- Andijon viloyati:
Andijon shahri, Bobur shoh ko‘chasi, 4-uy. “Ishga marhamat” monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: Sobiq afg‘on bog‘i ro‘parasi, Transport texnikumi yonida.
(95) 202−33−55.
- Navoiy viloyati:
Navoiy shahri, Navoiy ko‘chasi 43A, Viloyat bandlik bosh boshqarmasi.
Tel:. (79) 224−11−60.
- Buxoro viloyati:
Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 13-uy.
“Ishga marhamat” monomarkazi binosi 1-qavati.
(65) 226−56−99, (93) 966−99−59.
- Farg‘ona viloyati:
Farg‘ona shahri, B.Marg'inoniy ko‘ch., 4-uy.
Mo‘ljal: 10-maktab, Viloyat bandlik bosh boshqarmasi binosi.
(73) 244−40−01.
- Jizzax viloyati:
Jizzax shahri, Jizzaxlik MFY, Sh.Rashidov shoh ko‘chasi, 44-uy. “Ishga marhamat” monomarkazi binosi birinchi qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
(72) 223−90−66, (72) 223−90−65.
- Toshkent shahri:
Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi 1-uy.
Mo‘ljal: Chust choyxonasi atrofida.
(71) 202−33−55 (ichki raqam 54).
- Toshkent viloyati:
Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi 1-uy.
Mo‘ljal: Chust choyxonasi atrofida.
(71) 202−33−55 (ichki raqam 54).
- Qashqadaryo viloyati:
Qarshi shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 70A-uy. “Ishga marhamat” monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
(55) 403−12−82.
- Samarqand viloyati:
Samarqand shahri, Ko‘ksaroy maydoni, 1A-uy.
Mo‘ljal: Viloyat hokimiyati.
(66) 233−24−00, (66) 233−53−00.
- Sirdaryo viloyati:
Guliston shahri, Xondamir ko‘chasi, 49-uy. “Ishga marhamat” monomarkazi binosi.
(67) 225−55−59.
- Surxondaryo viloyati:
Termiz shahri, Marjon ko‘chasi, 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
(76) 222−45−22; (90) 247−96−63.
- Xorazm viloyati:
Urganch shahri, Baynalminalchi ko‘ch., 6-uy. “Ishga marhamat” monomarkazi binosi.
(62) 229−19−96.
Avvalroq Germaniyada ishlash istagidagi o‘zbekistonliklardan “Ausbildung” dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.