Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasining grant mablag‘lari hisobidan hududlarda sut yig‘ish markazlari tashkil etiladi. Bu haqda prezident huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’kidlandi.
Xususan, mazkur markazlargaa kamida 100 ta aholi xonadoni biriktirilib, kooperativ tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Klasterlar tomonidan 64 ta chorvachilik kompleksi barpo etiladi. Jahon bankining mablag‘lari jalb qilinib, chorva mollarini identifikatsiya qilish tadbirlari boshlanadi.
Parrandachidlik xo‘jaliklariga ozuqa va aylanma mablag‘lar uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan $35 mln yo‘naltiriladi.
Mazkur kreditlar samaradorligini “Parrandasanoat” uyushmasi kuzatib boradi.
Naslli jo‘jalar importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiya miqdori oshiriladi. Natijada parranda go‘shti yetishtirish hajmini yiliga 800 ming tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda.
Baliqchilik uchun ham bir qator qo‘shimcha imkoniyatlar belgilanmoqda. Xususan, bundan buyon tabiiy suv havzalarini ijaraga berish onlayn auksion orqali amalga oshiriladi.
Tarmoqda 241 ta, jumladan, krevetkani sanoat usulida yetishtirish loyihasi amalga oshiriladi.
“Har bir oila — tadbirkor” davlat dasturi doirasida baliqchilik loyihalari uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi.
Bularning evaziga joriy yilda 850 ming tonna baliq yetishtirish mumkinligi qayd etildi.
Davlat rahbari tabiiy ko‘llar va daryolarda baliq ovlash bilan cheklanib qolmasdan, ularning bo‘yida mahalliy va xorijiy turistlarni jalb qiladigan ekoturizm maskanlari barpo etish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalari bilan changlatish ko‘lamini oshirish vazifasi qo‘yildi.
50 ming gektar bog‘ va 200 ming gektar dala chetlarida asalari uyalarini joylashtirish, qo‘shimcha sharoitlar yaratib, aholini asalchilikka jalb etish choralari belgilandi.
Avvalroq qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini kengaytirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilingandi.