1-maydan ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi soddalashtirilishi haqida xabar berilgandi.

Xususan, huquqbuzarga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab, 15 kun ichida jarima miqdorining 50%ini, 30 kun ichida 70%ini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

  • Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131, 132, 136 va 140-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;
  • jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
  • xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.

Qonun joriy yilning 1-mayidan kuchga kiradi.


Avvalroq iste’molga yaroqsiz tovarlar haqida xabar berganlar rag‘batlantirilishi haqida xabar berilgandi.