“Binance” kriptobirjasi rossiyaliklar akkauntlari uchun 10 ming yevrolik cheklovni bekor qildi, deya xabar bermoqdaRBC” nashri “Binance” texnik yordamiga tayanib.

Kompaniya hali cheklovni olib tashlash haqida rasmiy bayonot bermagan, biroq, 10 ming yevrodan ortiq depozitlar va ular bilan operatsiyalar yana platformada mavjudligi aniqlangan.

Biroq rossiyaliklar uchun AQSh dollari va yevrodagi p2p operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar saqlanib qoldi. Bu cheklov mart oyida kiritilgandi.

Unga ko‘ra, Rossiya fuqarolari va uning hududida yashovchi jismoniy shaxslar, fuqaroligidan qat’i nazar, “Binance” p2p xizmatida dollar va yevro sotib ololmaydilar.

2022-yil 24-fevralda Rossiyaning Ukrainada harbiy maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, ko‘plab kriptobirjalar ruslar tomonidan kriptovalyutalardan foydalanishga cheklovlar joriy etdi.

Binance”, sanksiyalarga uchraganlardan tashqari boshqa rossiyaliklarga nisbatan taqiq qo‘yishni rejalashtirmasligini haqida aytgandi.

Biroq, aprel oyida “Binance” Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini qo’llab-quvvatladi va mamlakat fuqarolari va undada yashovchi 10 ming yevrodan ortiq aktivlari bo‘lgan shaxslarning hisoblarini noma’lum muddatga chekladi.

Bunday hisobvaraqlar egalari birjada savdo qila olmaydi yoki hisobvaraqlarga qo‘shimcha mablag‘ kirita olmaydilar.


Avvalroq Istiqbolli loyihalar milliy agentligi nima uchun O‘zbekistonda xorijiy platformalarda kriptoaktivlar savdosi bilan shug‘ullanish mumkin emasligi haqida ma’lumot bergandi.

Shuningdek, “Spot” nima uchun O‘zbekiston “Binance” xalqaro kriptobirjasi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani haqida yozgandi.

“NAPP” direktori o‘rinbosari Vyacheslav Pakga ko‘ra, kompaniya shartlari litsenziya olishdagi talablarga javob bermagani sababli hamkorlik qilinmagan.