“GitHub nima?” mavzusida seminar-trening o‘tkaziladi. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.

Spiker — dasturlash sohasida 5 yildan ortiq tajribaga ega backend-dasturchi Ozod Ochilboyev.

“GitHub” servisi veb-saytlarni ishlab chiqish sohasida keng tarqalgan. Biroq, shunday savol tug‘iladi: bu o‘zi nima va bu servis dastruchiga nima uchun kerak? Bu kabi savollarga javoblarni seminar-treningda bilib olish mumkin.

Shuningdek, spiker quyidagilarni so‘zlab beradi:

  • “GitHub” imkoniyatlari;
  • Git nima uchun kerak;
  • repozitariylar nima;
  • repozitariylar qanday yaratiladi;
  • mahalliy repozitariyni qanday joylashtirish kerak.

Tadbirda maktab o‘quvchilari va OTM talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Seminar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi hamda unda ishtirok etish bepul.

Buning uchun 26-aprelgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Trening 27-aprel kuni soat 15:00 da “IT Park"ning Toshkent filialida o‘tkaziladi.


Avvalroq Kanadada biznes yuritish va immigratsiyasi bo‘yicha Rahmad Sobirov bilan uchrashuv o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.