Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ko‘chmas mulk bozorida ro‘y bergan o‘zgarishlarni tahlil qildi.

Yil boshidan buyon O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik 2,7%ga o‘sdi. Mart oyida poytaxtning aksariyat tumanlarida ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining pasayishi kuzatildi.

Xususan, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 1 kvadrat metr uchun $9,2ni tashkil etib, 7%ga pasaydi.

Mart oyida ko‘chmas mulk bozorida faollikning biroz pasayishi qayd etildi. Bahorning birinchi oyida oldi-sotdi bitimlari soni 7,3%ga kamayib, qariyb 21 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilning mos davrida sotuvlar hajmi 2,9%ga o‘sgan.

Umuman olganda, 2023-yilning 1-choragi natijalariga ko‘ra sotuvlar 2,7%ga o‘sib, shartnomalar soni 61 mingdan oshdi. Shu bilan birga, 2021-yilning 1-choragi bo‘yicha o‘sish 5%ni tashkil etdi.

birinchi chorak, cerr, ko'chmas mulk bozori, tahlil

Toshkentda ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining o‘zgarishi

Mart oyida poytaxtning aksariyat tumanlarida ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining pasayishi kuzatildi.

Shunday qilib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 1 kv.m. uchun $9,2ni tashkil etib, 7%ga pasaydi.

Tumanlar kesimida ijaraning 1 kv.m. uchun eng yuqori narxlari poytaxtimizning Shayxontohur ($11,9), Yakkasaroy ($11,8) va Mirobod ($12) tumanlarida qayd etildi.

Ijaraning nisbatan past narxlari poytaxtimizning Uchtepa ($7,3), Sergeli ($6,4) va Bektemir ($5,8) tumanlarida qayd etildi.

Shu bilan birga, 2022-yilning mos davriga kelib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 17,0%ga qimmatlashdi.

Yillik dinamikada eng baland ijara narxi Shayxontohur (23,8%), Uchtepa (21,2%) va Sergeli (20,9%) tumanlarida qayd etildi.

Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori

O‘zbekistonda ikkilamchi bozorda uy-joy narxining o‘sish sur’ati sekinlashdi. Yanvar oyida 1 kv.m. uchun uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi — 0,9%, fevral oyida — 4,5%, mart oyida — 0,2% bo‘lgan. 2022-yil mart oyidan beri ikkilamchi bozor 25,4%ga o‘sgan.

O‘tgan yilning mart oyiga nisbatan ikkilamchi bozorda uy-joy narxining sezilarli o‘sishi Toshkent — 31,7%, Andijon — 32,2% va Farg‘ona-37,7% viloyatlarida kuzatildi.

Toshkent shahrining ikkilamchi bozorida oy davomida narxlarning o‘sish sur’ati biroz sekinlashdi va mart oyida 2,8%ni, yanvar oyida 1,9%, fevral oyida esa 3,8%ni tashkil etdi.

Narx eng yuqori o‘sish sur’atlari Bektemir — 6,9%, Yakkasaroy — 3,8% va Uchtepa tumanlarida — 3,6% qayd etildi.

Toshkent shahri va hududlar ma’muriy markazlarida ikkilamchi uy-joylar narxlarining o‘zgarishi

birinchi chorak, cerr, ko'chmas mulk bozori, tahlil


Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mart oyidagi O‘zbekistondagi ishbilarmonlik faoliyatini tahlil qilgandi.