Avvalroq senatorlar banklarning ustav kapitalini oshirishga oid qonun loyihasini ma’qullagandi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish kiritildi.
Unga ko‘ra, bank ustav kapitalining eng kam miqdori:
- 2023 yil 1-sentabrgacha 100 mlrd so‘mni;
- 2023-yil 1-sentabrdan 200 mlrd so‘mni;
- 2024-yil 1-apreldan 350 mlrd so‘mni;
- 2025-yildan 500 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Ilgari bank ustav kapitalining eng kam miqdori 100 mlrd so‘mni tashkil etishi lozim edi.
Shuningdek, tashkil etilayotgan yoki qo‘shib yuborish, bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan bank ustav kapitali yuqorida nazarda tutilgan kundagi miqdorlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Avvalroq “Iste'mol krediti to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish kiritilgandi.