Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlumotlariga koʻra, mart oyida avtomobil bozorida faollik 0,1%ga pasaygan boʻlib, bir oy davomida jami 123,4 ming dona avtotransport vositasi sotilgan, bu fevral oyiga nisbatan 115 donaga kam.

Shu bilan birga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar 10%ga oshdi.

Birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

Mart oyida sotilgan yengil avtomobillar soni 4,7%ga kamaydi va 110,8 mingtani tashkil etdi.

avtomobil bozori, cerr, tahlil, birlamchi bozor, ikkilamchi bozor

Savdolarda eng katta pasayish Navoiy — 22%, Buxoro — 19% va Qashqadaryo — 18% viloyatlarida qayd etildi.

Shu bilan birga, 2022-yil mart oyiga nisbatan yengil avtomobillar savdosi 7,8%ga oshdi.

Umuman olganda, joriy yilning birinchi choragi natijalariga ko‘ra 345,4 ming yengil avtomobillar sotildi, yillik o‘sish 8,5%ni tashkil etdi.

Bir oy davomida birlamchi bozorda yengil avtomobillarni sotish 10%ga kamaydi. 2022-yil mart oyiga nisbatan birlamchi bozordagi pasayish 16%ni tashkil etdi.

Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 18,4 ming donani tashkil etdi va 13,8%ga kamaydi.

Ikkilamchi avtomobil bozorida sotuvlarning pasayishi birlamchi bozorga qaraganda kamroq sezildi.

Bir oy ichida 89 ming dona eski yengil avtomobillar sotilgan, bu bir oy oldingiga nisbatan 3,3%ga kam. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ushbu toifadagi avtomobillar savdosi 16%ga oshdi.

Yengil avtomobillar bozori

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi sezilarli darajada oshdi. Shunday qilib, bir oy ichida bitimlar soni 25%ga oshdi va 2,9 ming donani tashkil etdi. Shu bilan birga, o‘tgan yilning mart oyiga nisbatan o‘sish 2,2 baravarni tashkil etdi.

avtomobil bozori, cerr, tahlil, birlamchi bozor, ikkilamchi bozor

Elektromobillar bozori sharhi

Elektromobillar bozoridagi faollik oy davomida sezilarli darajada oshdi. Birlamchi bozorda sotuvlar 34%ga oshgan bo‘lsa, ikkilamchi bozor 24%ga o‘sishni ko‘rsatdi.

Umuman olganda, 2023-yilning I choragida yillik o‘sish 2 baravarga ko‘paygan holda 2,2 ming dona yengil elektromobil sotilgan.


Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mart oyida ko‘chmas mulk bozorida ro‘y bergan o‘zgarishlarni tahlil qilgandi.