Ramazon hayiti insonparvarlik, mehr-oqibat, do‘stona munosabatlar va g‘amxo‘rlik pallasidir.

Hayitning muhim farzlaridan biri — muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zishdir. Ko‘pchilik ushbu ayyomda muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash uchun xayr-ehson qilishadi.

Avvallari muhtojlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va boshqa kerakli mahsulotlar ko‘rinishida yordam berilar edi. Hozirda ko‘pchilik ehsonni (shu bilan birga fitr, fidya va zakotni) pul mablag‘ini berish orqali amalga oshirishni afzal ko‘rishadi.

Texnologiyalar rivojlanib borayotgani sari, ehson qilishning yana-da samarali usullari paydo bo‘lmoqda. Click — ehson qilishning tez va qulay usulidir.

Click yordamida ehson qilishning uchta usuli mavjud.

Click Boom yordamida tezkor o‘tkazmalar

Avvallari faqat Premium obunachilar uchun mavjud bo‘lgan Click Boom funksiyasi bayram sharafiga bepul qilindi. Endilikda undan hamma foydalanishi mumkin. Click Boom o‘tkazmalarni karta yoki telefon raqamisiz amalga oshirish imkoniyatini beradi. Funksiya huddi radar kabi ishlaydi: Click foydalanuvchisi topilgandan so‘ng, unga bir zumda kerakli mablag‘ni o‘tkazish mumkin.

Masjidlarda QR-kod

Hozirda Toshkent shahri va viloyatlar masjidlarida Click QR-kodlari ishga tushirilgan. QR-kod orqali o‘tkazilgan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri masjidlar hisob raqamlariga yuboriladi va u yerdan xayriya ishlariga taqsimlanadi.

Click tizimida “Xayriya” bo‘limi

Har qanday moliyaviy yordamni uydan chiqmagan holda Click Up ilovasi, Telegram-boti yoki my.click.uz saytidagi “Shaxsiy kabinet” orqali amalga oshirish mumkin. Buning uchun “To‘lov”, so‘ng “Xayriya” bo‘limiga kirish lozim. Mazkur bo‘limda barcha yirik rasmiy xayriya fondlari va mablag‘ yig‘imlari to‘plangan.

Click kompaniyasi barcha musulmonlarni va o‘zbekistonliklarni yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi. Barcha ezgu niyatlar ro‘yobga chiqishini, xonadonlarda shodlik-quvonch, tinchlik-osoyishtalik hech qachon arimasligini tilab qoladi.

Bu yil fitr, fidya va zakotning quyidagi miqdorlari belgilandi:

  • zakot hisobi — 35 700 000 so’m.

Fitr va fidya miqdori:

  • 2 kg bug’doy (12 ming so’m);
  • 4 kg arpa (20 ming so’m);
  • 2 kg mayiz (100 ming so’m);
  • 4 kg xurmo (180 ming so’m).

Sayt: click.uz
Facebook: fb.com/click.uz
Instagram: @clickuz
Telegram-bot: t.me/clickuz
Telegram: t.me/click_uz

Reklama huquqlari asosida.