“IT Park” rezidenti — “IT STEP” Akademiyasi dasturlash bo‘yicha olimpiadaga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.
Unda 13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov “Yandex.Contest” platformasida o‘tkaziladi hamda uchta qiyinchilik darajasi mavjud: easy, normal va hard.
Akademiya kirish testlari natijalari bo‘yicha ishtirokchilarni qiyinchilik darajasiga qarab taqsimlaydi.
Har bir qiyinchilik darajasida oltita vazifa bo‘ladi va ularni ikki soat ichida bajarish zarur.
Shuningdek, olimpiada qatnashchilari dasturlash tilini o‘zlari tanlashi mumkin.
Tizim vazifalarni avtomatik ravishda tekshiradi va ishtirokchilar turnir jadvalidagi o‘rnini shu paytni o‘zida ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 24-aprel, 18:00 gacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Joylar soni cheklangan.
Ariza topshirish jarayonida nomzodlar test-sinovidan o’tishlari kerak.
Olimpiada har ikkita shaharda ham 28-aprel kuni soat 9:30 da boshlanadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq o‘qituvchilar uchun dasturlash metodikasi bo‘yicha treningga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.