Rossiyaliklar may oyidagi ta’tilda eng ko‘p Turkiyaga sayohat qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Kommersant” nashri “Sletat.ru” ma’lumotlariga tayanib.
Shuningdek, rossiyaliklar ta’tilda Misr va BAA davlatlariga borishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari ular eng ko‘p ichki sayohatlarni tanlamoqda. Ko‘pincha rossiyalikar Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi, Kaliningrad va Mineralnye Vodi shaharlariga borishmoqchi.
Mustaqil sayyohlar orasida postsovet hududlariga sayohat yo‘nalishlari mashhur bo‘lib qolmoqda.
“Yandex.Travel"da eng mashhurlar davlatlar orasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Armaniston bor.
Travelata.ru ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning may oyidagi ta’tillar uchun tashkil etilgan turlarning umumiy sotuvi aprel oyi o‘rtalariga kelib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 22%ga oshdi, umuman may oyi uchun bron qilishning o‘sishi 38%ni tashkil etdi.
Shu bilan birga, “Sletat.ru” tahlilchilarining fikricha, may oyidagi bayram kunlarida davlat bayramlariga bir necha ta’til kunlarini qo‘shib, to‘laqonli ta’til yaratish imkoniyati tufayli sayohatga bo‘lgan talab an’anaviy tarzda yuqori bo‘ladi.
“OneTwoTrip” ma’lumotlariga ko’ra, xorijga parvozlarga talab bir yil ichida to‘rt baravar ko‘paygan. Yandex.Travel ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda rossiyaliklar bunday reyslarga o‘rtacha 28,1 ming rubl sarflashadi va bu bir yil avvalgidan atigi 2%ga ko‘pdir.
Avvalroq “Spot” 2023-yilda O‘zbekistonga rossiyaliklarnig sayyohlik oqimi 1 mlnni tashkil etishi kutilayotgani haqida yozgandi.