Telegram messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi.


Ulashiladigan chat jildlari

Endi chat jildlarini havola bilan ulashish, masalan, doʻstlar yoki hamkasblaringizni oʻnlab ish chatlariga, yangiliklar kanallari toʻplamiga va boshqalarga taklif qilish mumkin. Ular bitta bosish bilan jildni qoʻshadi va undagi barcha chatlarga darhol qoʻshiladi.

Har bir chat jildi turli chatlarga kirish imkonini beruvchi bir nechta taklif havolasini dastaklaydi.

Havola yaratayotganda kiritmoqchi boʻlgan chatlarni tanlab va Amaliyot yoki Menejerlar kabi unga mos unikal nom berish kerak.

Foydalanuvchi istalgan ommaviy chatni, shuningdek, odamlarni qoʻshish admin ruxsati boʻlgan istalgan chatni kiritishi mumkin.

Agar jildga koʻproq chatlarni qoʻshsa va uning havolasini yangila, aʼzolar yangi chatlarga qoʻshilish taklifini koʻradi.

Jild yaratish uchun Sozlamalar > Chat jildlari rukniga kirish kerak. Tafsilotlar bilan Ulashiladigan jildlar yuzasidan batafsil qoʻllanmamizda tanishing.


Maxsus fon rasmlari

Sevimli rasmlar va rang kombinatsiyalarini suhbatlarni yanada moslashtirish va ajralib turadigan qilish uchun muayyan chatlarda maxsus fon rasmlari sifatida tanlash mumkin.

Yakkama-yakka chatda maxsus fon rasmi oʻrnat mumkin. Maxsus fon rasmi oʻrnatish uchun Android uchun ilovada chat yuqori qismida “Fon rasmi oʻrnatish” bandini bosish yoki iOS uchun ilovada profilni ochish va “Fon rasmini oʻzgartirish” bandini bosish kerak.


Botlar uchun koʻproq imkoniyatlar

Telegramda bevosita chatda ochiladigan hamda millionlab foydalanuvchilarga xizmatlar va foydali funksiyalarga tezkor va qulay kirish imkonini beradigan veb-ilovalarni joylash mumkin. Endi integratsiya qilingan veb-ilovalarni istalgan chatda ishga tushirish mumkin.

Bu funksiyani dastaklaydigan veb-ilovalar botlariga Telegramdagi istalgan chatda bevosita havola yoki botning foydalanuvchi nomini kiritish orqali kirish mumkin.

Guruhda ishga tushirilganida veb-ilovalar endi aʼzolar uchun hamkorlikda ishlash va oʻyinlar funksiyalarini dastaklashi mumkin.


Fragmentda bot havolalari va Telegram Premium

Botlar endi kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari, jumladan, -bot qoʻshimchalarisiz havolalardan foydalanishi mumkin.

Shuningdek, Fragment orqali Telegram Premiumni oʻzi uchun sotib olish yoki boshqalarga hadya qilish mumkin.


Yaxshilangan interfeyslar

Onlayn boʻlganda yuborish kamroq bosishni talab qiladi — suhbatdoshning oxirgi faollik vaqtini koʻra oladigan chatlarda yuborish tugmasini bosing.

Agar avval ruxsatlarni sozlash va bir nechta xabarni qadashni xohlasangiz, darhol aʼzolarni qoʻshmasdan guruhlar yaratish mumkin.

Oxirgi iPhone modellarida profillar va axborot sahifalarini varaqlaganingizda profil rasmlari dinamik orolga ravon surilib kiruvchi yangi animatsiya qoʻshildi.


Biriktirmalar uchun tezkor varaqlash

Biriktirmalar menyusi endi xuddi Umumiy media kabi katta tezlikda varaqlanadi. Vaqt boʻylab sayohat qilish uchun sana blokini pastga torting.


Mavzularda xabarni oʻqish vaqti

Mavzular yoqilgan 100 tadan kamroq aʼzoli guruhlarda endi boshqa guruhlar aʼzolari xabarlarni qachon oʻqiganini koʻrish mumkin.