Osiyo taraqqiyot banki va ACWA Power kompaniyasi Buxoro viloyatida joylashgan Bosh va Jonkeldi shamol elektr stansiyalarini rivojlantirishga $174 mln.lik kreditlarni imzoladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, moliyalashtirish OTBning oddiy kapital resurslari hisobidan amalga oshirilib, Bosh uchun $40,5 mln va Jonkeldi uchun $46,5 mln miqdorida ajratiladi.

Shuningdek, bank Osiyoning yetakchi xususiy infratuzilma fondi (LEAP) hisobidan Bosh uchun $40,5 mln va Jonkeldi uchun $46,5 mln yo‘naltiradi.

Har bir elektr stansiyasi 79 ta shamol turbinasidan, jami 158 ta turbinadan iborat bo‘lib, ular yiliga 3235 gigavatt-soat quvvat ishlab chiqaradi va yiliga 2 mln tonnaga yaqin karbonat angidrid ekvivalentini chiqaradi.

Shu bilan birga, Bosh va Jonkel shamol elektr stansiyalari birgalikda Markaziy va G‘arbiy Osiyo mintaqasidagi yirik loyiha bo‘lishi ta’kidlangan.

Kreditlar hisobidan elektr tarmoqlariga ulanish uchun 282,5 km uzunlikdagi 500 kilovoltlik bir tutashuvli havo liniyasi qurilishi amalga oshiriladi.

Avvalroq OTB “Masdar"ning uchta quyosh elektr stansiyasi uchun jami $102 mln yo‘naltirishi haqida xabar berilgandi.

Tomonlar Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida uchta quyosh elektr stansiyasini qurish uchun 3 ta qarz shartnomasini imzolagan.


Aprel oyi o‘rtalarida Qoraqalpog‘istonda 200 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tenderning ikkinchi bosqichi e’lon qilingandi.