Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklardan turli sohalar bo‘yicha ishlarga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qildi.

Nomzodlar quyidagi sohalarda ishga taklif etiladi:

  • payvandchi;
  • muxandis-mexanik;
  • sanoat mexanigi;
  • mexatronika muxandisi;
  • ombor logistikasi;
  • metal texnologiyasi muxandisi.

Ishchilarga 2 420 yevrodan boshlab oylik maosh ajratiladi, O‘zbekistondan Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

Shu bilan birga, arzonlashtirilgan yashash-joy topishga yordam beriladi hamdahaftasiga 40 soat ish bilan ta’minlanadi.

Nomzodlar uchun malaka va til majburiyatlari:

  • 45 yoshgacha bo‘lishi;
  • nemis tilidan Gyote yoki ECL dan olingan A2 sertifikat (A1 sertifikatiga ega fuqarolar ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin va ular tanlab olinib, viza hujjatlari boshlangunga qadar til bilimini tasdiqlovchi A2 sertifikat taqdim etishlari lozim);
  • sanoat mexanigi, mexatronika texnigi, metal texnologiyasi bo‘yicha mutaxassis, maxsus ombor xodimi, qishloq xo‘jaligi va texnikasi mexanigi/mexatronika texnika kabi sohalarda kasbiy ta’limni tamomlagan va o‘rta maxsus ta’lim olgani haqida diplom;
  • avtomobilsozlik, mashinasozlik, agrar xo‘jaligi mashinasozligi texnik yo‘nalishida bakalavr diplom;
  • sohada kamida bir yillik tajribaga ega bo‘lishi.

Qishloq xo‘jaligi yoki qurilish texnikasi sanoati va sanoat logistikasi hamda gidravlika yoki elektron komponentlarni yig‘ish, forkliftlarni (stapler) haydash tajribasi tanlov jarayonida afzallikka ega ekanligi qayd etilgan.

Nomzodlar moslashuvchan, smena va jamoada ishlash qobiliyati va mas’uliyatiga, texnik qobiliyatga ega bo‘lishi hamda sudlanmagan va jismonan sog‘lom bo‘lishi kerak.

Arizachilar xorijga chiqish pasporti, kollej, texnikum yoki bakalavr diplomi, nemis tilini bilish haqidagi sertifikat, sudlanmaganlik tog‘risida tasdiqnoma hamda tarjimai hol (Lebenslauf)ni pdf shaklda onlayn jo‘natishi kerak.

Nomzodlardan arizalar havola orqali qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq Germaniyadagi “Ausbildung” (o‘qish va ishlash) dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.