Aprel oyi boshida “Uzbekistan Airways” Toshkent-Jakarta-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklashi ma’lum qilingandi.

Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yil.

Aviaqatnov joriy yilning 26-aprelidan boshlab, haftada bir marotaba — chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

Toshkent-Jakarta-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • HY-541 Toshkent 09:00 — Jakarta 19:30
  • HY-542 Jakarta 21:00 — Toshkent 03:30.

Qayd etilishicha, Jakartadan Indoneziyaning Bali oroliga qulay tutashuv reyslari mavjud.

Bir tomon uchun aviachiptalar narxi 4,7 mln so‘mdan, borish va qaytish uchun esa 8,4 mln so‘mdan boshlanadi.

Mart oyi yakunida “Uzbekistan Airways” Toshkent- Nijniy Novgorod yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyishi ma’lum qilindi.

Parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.


Avvalroq “Spot” “Panorama Airways” kompaniyasi Toshkent va Madina o‘rtasida parvozlarni amalga oshirishi haqida xabar bergandi.