Joriy yilning iyun oyidan O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston va Chernogoriya davlatlari turizm tadbirkorlarining ikki tomonlama ochiq muloqotida ta’kidlangan.
Shuningdek, Chernogoriyaga borishda O‘zbekiston fuqarolaridan viza talab etilmaydi.
Ta’kidlanishicha, bu ikki mamlakat turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat va qulayliklar yaratadi.
Joriy yilda O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijlik sayyohlar soni 7 mln.dan ortishi kutilmoqda.
Avvalroq “Uzbekistan Airways” O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Parvozlar haftada bir marotaba — chorshanba kunlari Toshkent-Jakarta-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, Jakartadan Indoneziyaning Bali oroliga qulay tutashuv reyslari mavjud.