Ukrainaning “Uklon” onlayn taksi va yetkazib berish agregatori O‘zbekistonda bir nechta bo‘sh ish o‘rinlarini ochdi. Bu haqda hh.uz sayti ma’lumotlarida keltirilgan.

Kompaniya o‘z mahsulotini haydovchi (drayver)ning yo‘lovchi (rayder) bilan o‘zaro aloqasi, tovarlarni yetkazib berish va boshqa xizmatlar uchun ilovalarni o‘z ichiga olgan “shahar multituli” (ko‘p funksiyali instrument) deb ta’riflaydi.

Endi kompaniya o‘z biznesini yangi bozorlarga kengaytirmoqda. Xususan, Toshkentdagi “Uklon” jamoasiga quyidagi mutaxassislar jalb qilinmoqda:

Aprel oyi boshida “Uklon” hammuassisi Sergey Smus mazkur xizmat yaqin orada mintaqaviy bozorlarga chiqishini ma’lum qilib, biroq aniq mamlakatlar nomini aytmagandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi ishga tushirish bosqichi oy oxirigacha amalga oshirilishi kerak.

Bir necha oy ichida Uklon boshqa mamlakatda ishga tushadi. Bundan tashqari, kompaniya hamkor ishtirokida yil oxirigacha uchinchi bozorga chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Uklon” — Ukrainadagi eng yirik onlayn taksi chaqiruvi va yetkazib berish xizmati. Kompaniya o‘z faoliyatini 2010-yilda boshlagan va hozirda Ukrainaning 28 ta shahrida o‘z vakolatxonalariga ega. Uklon orqali mashinaga buyurtma berishda siz taklif qilingan sayohat narxini sozlashingiz mumkin (inDrive-da shunga o‘xshash mexanizm mavjud).