Ikkita yo‘nalish bo‘yicha qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, 28-apreldan 1-maygacha 767/768-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha 4 ta reys harakati amalga oshiriladi.

Mazkur yo‘lovchi poyezddagi barcha chiptalar erkin savdoga chiqarilgan hamda quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

767-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi

  • Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19

768-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi

  • Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48⠀

Bundan tashqari, 28-aprel va 1-may kunlari 780/779-sonli Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha 2 ta reys harakati ham yo‘lga qo‘yildi.

Poyezd amaldagi jadval asosida quyidagicha harakatlanadi:

780-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishi

  • Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21

779-sonli Qarshi-Toshkent yo‘nalishi

  • Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50

Qayd etilishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo‘yilgan qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar chiptalari turistik firmalar tomonidan berilgan arizalarni chetlab o‘tgan holda barcha chiptalar erkin savdoga chiqarilgan.

Batafsil ma’lumotni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Chiptalarni esa temir yo‘l chiptaxonalari hamda havola orqali xarid qilish mumkin.


Avvalroq bayram kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yilgandi.