Toshkent xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xorijiy kompaniyalar bilan kelishuvlar amalga oshirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, vazirlik va Ozarbayjonning “PASHA Holding” kompaniyasi o‘rtasida Hadli bitim imzolandi.
Turkiyaning “Cengiz Enerji San. ve Tic A.Ş.” kompaniyasi o‘rtasida Jizzax viloyatida quvvati 400 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya shartnomasi imzolandi. Loyiha qiymati $300 mlnga teng.
Xitoyning “China Gezhouba Group Overseas Investment” kompaniyasi o‘rtasida qiymati $500 mlnga teng Buxoro viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya shartnomasi imzolandi.
Bundan tashqari, Xitoy kompaniyasi bilan Qashqadaryo viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya shartnomasi ham imzolandi.
Mazkur shartnoma qiymati $500 mlnni tashkil etadi.
Tabiat resurslari vazirligi va Koreyaning “Sejin G&E So., LTD.” kompaniyasi o‘rtasida qiymati $55 mln.ga teng bitim imzolandi.
Uning doirasida Maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan.
“Hyper Partners” kompaniyasining “Accor” brendi bilan Hadli bitim imzolandi.
Unga ko‘ra, kompaniya O‘zbekistonda 5 ta mehmonxona va “Tashkent City Mall” hududida 5 yulduzli luks toifasidagi mehmonxona ochishi belgilangan.
O‘tgan yili “Accor” va “Hyper Group” O‘zbekistonda uchta mehmonxona ochishi hamda ular Toshkent, Samarqand hamda Chorvoqda joylashishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, kompaniya Toshkentda “Ibis” mehmonxonasini ochadi.
Avvalroq forum doirasida Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir bilan uhcrashgandi. Bank O‘zbekistonga $400 mln ajratishi ma’lum qilingan.
Forum doirasidagi yalpi majlisda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, mamlakat Jahon savdo tashkilotiga tezroq a’zo bo‘lib kirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi hamda hozir a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar olib borish hamda milliy qonunchilikni JST qoidalari bilan uyg‘unlashtirish jarayoni kechayotganini bildirdi.