Aprel oyida inflyatsiya 0,8%ni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlarida keltirilgan.
Qayd etilishicha, oxirgi besh yil ichida aprel oyidagi ko‘rsatkich faqat joriy yildagina past bo‘lgan.
Dastlabki to‘rt oyda rasmiy inflyatsiya 3,3%ni, yillik inflyatsiya esa 11%ni tashkil etdi. Natijada yillik ko‘rsatkich o‘tgan mart oyiga nisbatan 0,7%ga pasaygan.
Bu davrda tovarlar bo‘yicha inflyatsiya 0,9%ni, xizmatlar bo‘yicha esa 0,5%ni tashkil etdi.
Shuningdek, aprelda oziq-ovqat mahsulotlari 1,2%ga, nooziq-ovqat mahsulotlari esa 0,5%ga oshgan.
Aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarning o‘sishi bo‘yicha yana yetakchi bo‘ldi — 1,2%.
Mevasabzavot mahsulotlari bo‘yicha baland narx mevalar va yong‘oqlar (11,5%), sabzavotlar, ildizmevalilar va dukkaklilar (17,6%) hamda shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (5,6%) da kuzatilgan.
Aprel oyida bir qator sabzavotlar, xususan bodring, piyoz, bulg‘ori qalampir, ko‘katlar, kartoshka, qovoq, turp hamda baqlajon narxida pasayish kuzatildi.
Turar joylarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash materiallari bo‘yicha narxlar 2,1%ni tashkil etdi.
Uy-joy ijarasi aprel oyida 0,1%ga past bo‘ldi. Turar joylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha inflyatsiya 2,1%ga yetdi. Dori vositalari esa 1,9%ni tashkil etdi.
Aprelda o‘tgan oydagi kabi benzin va propan narxlarida pasayish qayd etildi. Benzin narxlari 6,3% darajasida, propan 7,1%da shakllandi.
Bu davrda havo transportida yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha o‘tgan oyga nisbatan inflyatsiya 2,7%ni, temir yo‘l va avtomobil transportida esa 0,5%ni tashkil etdi.
Joriy yilning aprelida umumiy ovqatlanish sohasida inflyatsiya 0,9%ni ko‘rsatdi.
Narx o‘sishi faqatgina mehmonxonalar xizmatlarida (0,4%) qayd etilgan bo‘lsa, dam olish markazlari va sanatoriylar xizmatlari bo‘yicha narxlar joriy yilning martidagi darajada qoldi.
Mart oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari yil boshiga nisbatan pasaydi.