Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani ketma-ket beshinchi marta 7,5% darajasida qoldirdi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

Aholining inflyatsion kutilmalari pasaygan, ammo 2023-yilning fevral va mart oylaridagi kabi yuqori darajada saqlanib qolmoqda, deyiladi Markaziy bank xabarida.

Yillik inflyatsiya mart oyida 3,5%ga (fevraldagi 11%dan keyin) va 24-aprel holatiga 2,5%ga tushdi.

Regulyatorning prognoziga ko‘ra, 2023-yil oxiriga kelib inflyatsiya 4,5−6,5% ni tashkil qiladi, 2024-yilda maqsadli 4%ga qaytadi va kelajakda 4%ga yaqin bo‘ladi.

Navbatdagi yig‘ilishlarda Markaziy bank joriy inflyatsiya bosimining bosqichma-bosqich oshib borishi sharoitida 2024-yilda va undan keyingi yillarda inflyatsiyani 4%ga yaqin darajada barqarorlashtirish maqsadida asosiy stavkani oshirishning maqsadga muvofiqligini baholaydi.

2022-yil fevral oyida Rossiya Markaziy bank moliyaviy va narxlar barqarorligini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning jamg‘armalarini qadrsizlanishdan himoya qilish maqsadida asosiy stavkani 9,5%dan rekord darajada 20%ga ikki baravar oshirdi.

Aprel oyida regulyator asosiy stavkani asta-sekin kamaytirishni boshladi va sentabr oyidan boshlab u 7,5% darajasida qoldi.

rossiya markaziy banki, asosiy stavka

Regulyatorning asosiy stavakni ko‘rib chiqish bo‘yicha keyingi yigilishi 2023-yil 9-iyunda bo‘lib o‘tadi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi asosiy stavkani 1% bandga pasaytirib, yillik 14% darajasida belgilagani haqida yozgandi.