Germaniyaning sport kiyimlari, poyabzallari va aksessuarlari ishlab chiqaruvchisi “Adidas” Rossiya bo‘linmasini xorijiy investorga o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar berdi “Kommersant” nashri.

Qayd etilishicha, bu 100 ga yaqin eng daromadli do’konlarni yangi formatda qayta ishga tushirish imkonini beradi.

Hozircha Rossiyaning “'Adidas” kompaniyasi ofis va ombor maydonlarining bir qismini sublizing orqali o‘z faoliyatini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Mashhur brendlarning kiyim-kechak va poyafzallariga bo‘lgan talab qisman internetga o‘tdi, ammo sport do‘konlarini rivojlantirish salohiyati saqlanib qolmoqda, deydi ekspertlar.

““Adidas"ning Rossiyadagi bo‘linmasi uchinchi tomon investoriga sotilgan taqdirda do‘kon nomi o‘zgarishi, shuningdek, hamkorlar orqali tovarlar yetkazib berishga o‘tishi mumkin”, — dedi “CORE.XP” konsalting kompaniyasi katta direktori Marina Malaxatko.

“Adidas”, boshqa global kompaniyalar singari, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan keyin 2022-yil mart oyida Rossiyada o’z faoliyatini to’xtatib, chakana savdo do‘konlari vaqtincha yopilishini e’lon qildi.

Oktabr oyida kompaniya mamlakatdagi biznesini butunlay to’xtatishga qaror qilgani haqida ma’lum qildi.

““Adidas"ning sobiq do‘konlari qayta ochilganda, birinchi navbatda, “Sneaker Box”, shuningdek, “Sportmaster” va “Demix” brendi bilan raqobatlashishi kerak bo‘ladi”, — dedi “NF Group” chakana ko‘chmas mulk departamenti direktori Yevgeniya Xakberdiyeva.


Avvalroq “Spot” 2 mingga yaqin xorijiy kompaniyalar Rossiyani tark etish uchun Moliya vazirligidan ruxsat kutayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek, “Spot” 2022-yilning mart va sentabr oylarida Rossiyani tark etgan va mamlakatdan chiqishni rejalashtirayotgan xorij kompaniyalari haqida yozgandi.

Aprel oyi boshida “Sportmaster” sport do‘konlari tarmog‘i “Tashkent City Mall” savdo markazi bilan kelishuv imzolagani ma’lum qilindi.

Rossiyalik reteyler xaridorlarga fitnes, yozgi va qishki sport turlari uchun sifatli inventar, kiyim, poyabzal hamda aksessuarlar taqdim etadi.