Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sharof Raxmanov Xitoyning “CC7 Industries” kompaniyasi prezidenti Lun Xayan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Sharof Rahmanov Lun Xayanga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, “CC7 Industries” qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha hamkorlik qilish ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligini bildirdi.
Kompaniya bilan kelishuvga asosan ular tomonidan poytaxtdagi 30 ta yirik korxonalarga quyosh stantsiyalarini o‘rnatish ishlarini jadallashtirish muhimligiga e’tibor qaratdi.
Birlamchi hisob-kitoblarga ko‘ra, ularning tomidagi 747 ming kv metr maydonga 100 MVt quvvatga ega panellar joylashtiriladi.
Hozirda kompaniya mutaxassislari ushbu obyektlarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Lun Xayan kompaniya O‘zbekiston va Toshkent bilan hamkorlik ular uchun ham ahamiyatli ekanligini qayd etib, mutxassislari bu jarayonga katta tayyorgarlik ko‘rishayotganligini qayd etdi.
Uchrashuv davomida birgalikdagi ishga oid hujjatli va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi hamda o‘zaro muloqot davom etishi bildirildi.
Avvalroq Toshkentda 2000 megavattga yaqin quvvatli quyosh panellari o‘rnatilishi haqida xabar berilgandi.
“Spot” quyosh panellarini muddatli to‘lovga qanday olish mumkinligi haqida qo‘llanma taqdim qilgandi.
1-maydan kiritiladigan o‘zgarishlarga ko‘ra, ko‘p qavatli uylar tomining kamida 50%ida quyosh panellarini o‘rnatish talabi joriy etiladi.