Fevral oyi boshida tadbirkorlarni ma’lum mezonlar asosida toifalarga ajratish bo‘yicha davlat rahbarining farmoni qabul qilingandi va tadbirkorlar quyidagi toifalarga ajratildi:
- kichik tadbirkorlik;
- o‘rta tadbirkorlik;
- yirik tadbirkorlik.
Shuningdek, davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi inobatga olinmasligi ham belgilangan.
Xususan, takliflarni baholashda QQS summasi inobatga olinmaydigan tizim joriy etildi. Bu haqda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bunda, davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini o‘tkazish jarayonida QQS haqidagi ma’lumot ko‘rsatilmaydi.
Xarid ishtirokchilari tanlash va tender bo‘yicha elektron takliflarni o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali narx taklifini hamda QQS summasini alohida ko‘rsatgan holda berishlari mumkin.
Natijada etender.uzex.uz tizimi savdo g‘olibini aniqlashda ishtirokchilarning takliflarini QQS qiymatini hisobga olmagan holda hisoblaydi.