Markaziy bank mart oyi uchun pul agregatlari statistikasini eʼlon qildi.

Qayd etilishicha, mart oyida milliy valyutadagi pul massasi 1,9 trln soʻmga oshib, 180,8 trln soʻmni tashkil etmoqda.

Yanvar oyida milliy valyutadagi pul massasi 138,8 trln soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, 1-mart holatiga bu koʻrsatkich 135,4 trln soʻmga kamaydi.

Muomaladagi naqd pullar massasi esa 1,4 trln soʻmgacha koʻpayib, 40,3 trln soʻmni tashkil qilmoqda.

Fevral oyida 45,7 trln soʻmni tashkil etgan xorij valyutasidagi depozitlar esa 1-martga kelib 0,4 trln soʻmga kamayib 45,3 trln soʻmga yetgan.

Avvalroq “Spot” yanvar-mart oylarida umumiy pul tushumlari 140,8 trln so‘mni tashkil etgani haqida yozgandi.

Naqd pul va terminal tushumlari bo‘yicha ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 37% ga oshgan.

2023-yil yanvar-mart oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 173,9 trln so‘mni tashkil etgan, o‘sish esa 23,6%ga oshgan.

Banklarga naqd pul tushumlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,2%ga o‘sib, 87,8 trln so‘mni tashkil qildi.


Avvalroq 1-mayga qadar Toshkentda eksperiment tarzida virtual kassa bilan qamrab olingan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida naqd pul yechish xizmatini ko‘rsatish amaliyoti joriy etililishi ma’lum qilingandi.