Oʻzbekiston va Germaniya $9 mlrd.lik savdo, sarmoyaviy va texnologik loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Xabar berilishicha mazkur kelishuvga Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi davomida Federal Kansler Olaf Shols bilan uchrashuvida erishilgan.

Davlat rahbarining mamalaktga tashrifi doirasida Oʻzbekiston-Germaniya qo‘shma biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

“Uning yakunida umumiy qiymati $9 mlrd.lik savdo, investitsiyaviy va texnologik loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi”, — deyiladi xabarda.

“Yashil” energetika, qazib chiqarish, kimyo, farmatsevtika tarmoqlarida, transport infratizulmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, innovatsiya va boshqa sohalardagi kooperatsiya loyihalari shular jumlasidan.

Shuningdek, Germaniya kompaniyalarining O‘zbekistondagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “KfW”, “Deutsche Bank” banklari va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirishga kelishib olindi.

Uchrashuvda Germaniya hukumati O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini hamda Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imkon qadar tez imzolashini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.

Shuningdek, transport va logistikani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan samarali yo‘nalishni shakllantirishga xizmat qiluvchi Transkaspiy yo‘lagini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha fikr bildirildi.

Umuman, tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, fan va innovatsiya sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.


Avvalroq “Spot” Germaniyaning “KfW” banki o‘rtasida “Raqamli sog‘liqni saqlash islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi uchun 45 mln yevro miqdorida qarz bitimi hamda 5,5 mln yevro miqdorida grant bitimi imzolangani haqida yozgandi.