Avvalroq may oyi yakunigacha “HUMO” va “UZCARD” integratsiyalashuvi haqida xabar berilgandi.
Markaziy bank raisiga ko‘ra, to‘lov tizimlari integratsiyasi ishlari yakunlanish arafasida, hozirda bir nechta banklarda bu tizim pilot loyiha tarzida amalga oshirilmoqda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yaqin 10 kun ichida ikkala to‘lov tizimining to‘liq integratsiyalashuvi jarayoni respublika bo‘yicha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
“Humo” hamda “UZCARD” kompaniyalarining integratsiyalashuvi 2020-yilda rejalashtirilgandi. 2021-yilga kelib tomonlar bu bo‘yicha memorandumni imzoladilar.
2021-yilning dekabriga kelib, tomonlar integratsiyalashuvning birinchi bosqichini yakunladi hamda to‘lov tizimi terminallari bir-birining kartalarini qabul qilishni boshlashi haqida ma’lum qilindi.
Bunda to‘lov tizimlari terminallari ikkala turdagi kartalarni ham qabul qila boshlashi nazarda tutilgandi.