Yanvar-mart oylarida Rossiya chegarasini kesib oʻtgan xorijliklar soni 3,3 mlnni tashkil etdi. Bu haqda Federal xavfsizlik xizmati chegara xizmati statistik maʼlumotlariga tayanib, “RBC” nashri xabar berdi.
Natijada bu koʻrsatkich 2022-yilning shu davriga nisbatan 17,6%ga oshgan.
Rossiyaga kirish boʻyicha oʻzbekistonliklar yetakchi boʻldi — oʻtgan uch oyda mamlakatdan sayohatlar soni 81%ga oshib, 818 mingtani tashkil etdi.
Undan keyingi oʻrinda Qozogʻiston (604,5 ming) va Tojikiston (516,4 ming) turibdi. Xitoydan sayohatlar soni esa 4,6 barobar (84,2 ming) oshgan.
Yevropa Ittifoqi fuqarolarining sayohatlari soni 11,8%ga oshib, 113,9 mingtani tashkil etdi.
Koʻpincha ular Latviya, Litva, Finlyandiya, Estoniya va Polshadan kelgan. Rossiyaga eng koʻp sayohatlar Finlyandiya (23,6 ming, 3,2 barobar koʻp) va Estoniya (20,7 ming, ikki marta) fuqarolari tomonidan amalga oshirilgan.
Polsha fuqarolari Rossiyaga sayohatlar sonini 69%ga, Litva fuqarolari — 42,5%ga, Latviya fuqarolari — 31,7%ga oshirgan.
Shu bilan birga, Germaniya fuqarolarining Rossiyaga sayohatlari soni uchdan bir qismga (19,3 mingdan 12,8 mingga), Fransiya fuqarolari tomonidan 2,7 barobarga (7,6 mingdan 2,8 mingga) kamaygan.
Avvalroq “Spot” 2022-yilda o‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatlarga yo‘l olishgani haqida yozgandi.
Ular asosan Rossiya, Turkiya hamda Qozog‘iston kabi mamlakatlarni afzal ko‘rgan.